Xivada “JETOUR X90 PLUS” avtomashinasi xatlandi
Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi "Hamkorbank" ATB foydasiga qarzdor S.L.dan jami 270 mln. so‘m kredit qarzini undirish va undiruvni garovdagi avtotransport vositasiga qaratish haqidagi ijro hujjati boshqarma ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochilari tomonidan ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarishi haqida qarzdorga bir necha marotaba ogohlantirish xati berilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.
Biroq belgilangan muddatda qarzdor tomonidan kredit qarzi to‘lanmaganligi sababli, boshqarma xodimlari tomonidan “JETOUR X90 PLUS” rusumli avtomashina ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Endilikda, kredit qarzi qaytarilmasa, avtomashina auksion orqali sotuvga qo‘yilishi mumkin.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri