Xitoylik ishbilarmonlar bilan samarali uchrashuv
Prezident tashrifidan so‘ng
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyning “Gansu Kaisheng Daming Solar” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Yurtboshimiz joriy yilning 31 oktyabr – 1 noyabr kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergan edi.
Jumladan, 2025 yilda viloyatga 3,7 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilishi, natijada 600 ta yangi korxona ochilib, 15 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Xitoylik tadbirkor bilan uchrashuv davomida kompaniya vakillariga mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, kompaniya vakillari tomonidan viloyatda innovatsion usulda shisha yordamida 50 MVt elektr energiyasi, shisha mahsulotlari ishlab chiqarish va qurilayotgan elektr stansiyasi hududida farmatsevtika uchun dorivor o‘simliklar yetishtirishni tashkil etish kabi loyihalar to‘g‘risida takliflar bildirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri