Xitoylik investorlar Navoiyda
Bir guruh xitoylik investorlar Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Jaman kaskir”, “Aytim”, “Sariktau” va “Aktash” konlarida bo‘lib qimmatbaho toshlarni o‘rgandi.
Bir guruh xitoylik investorlar Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi “Jaman kaskir”, “Aytim”, “Sariktau” va “Aktash” konlarida bo‘lib qimmatbaho toshlarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, konchilik sanoati industriyasini yanada rivojlantirish hamda yangi innovatsion g‘oyalarni tatbiq qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
– Yurtingizda biznes yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilgan, – deydi xitoylik tadbirkor Yu Saoyang. – Biz, Qizilqum sahrosida biryuza, granit va boshqa qimmatbaho toshlarning katta hajmdagi zaxirasi mavjud ekanligiga ishonch hosil qildik. Shuning uchun ham qurilish sanoatida ishlatiladigan zamonaviy bezaklarni tayyorlash uchun zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritmoqchimiz. Ayni paytda biznes-rejalar ishlab chiqish, qurilish maydoni va muddatini belgilash maqsadida geologiya tajribalari amalga oshirilmoqda.
Albatta, yurtimizda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan bu kabi yirik loyihalar sanoat sohasining barcha tarmoqlarida izchil rivojlanishni ta’minlab, eksport imkoniyatlarini kengaytirmoqda.