Xitoylik investorlar Kosonsoy tumanida
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga “Namangan-Xitoy” xalqaro investitsiya va biznes forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining bir qator investorlari, ishbilarmon doira vakillari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni kutib olgan tuman hokimi Dilmurod Qodirov hududning ishlab chiqarish salohiyati, investorlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar haqida ma’lumot berdi.
[gallery-17015]
Dastlabki manzil “Namuna” kichik sanoat zonasidagi loyiha qiymati 1 million AQSH dollari bo‘lgan “Trakx” MCHJ bo‘ldi. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi ushbu korxonada hozirgi kunda 60 nafarga yaqin aholining ish bilan bandligi ta’minlangan.
Korxonaning 2-bosqichini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish loyiha taklifi xitoylik ishbilarmon doira vakillariga taqdim etildi. Xorijlik ishbilarmonlarda ushbu korxona katta qiziqish uyg‘otdi hamda kelajakda hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, xitoylik investorlar “Namuna” kichik sanoat zonasidagi “Kosonsoy tomat pastasi” MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA