Xitoyda 385 million yillik amber topildi
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida paleontologlar O‘rta Devon davriga mansub, 385 million yil avval paydo bo‘lgan yuzlab mitti zarracha amber (yantar) parchalarini topdi.
Topilma avvalgi rekordga nisbatan 65 million, ilk dinozavrlardan 150 million yil oldingi davrga borib taqaladi.
Uzunligi taxminan bir millimetr keladigan amber parchalari Xitoy va Qozog‘iston chegarasi yaqinidagi qoyalarda topilgan. Ba’zi namunalarda kuzatilgan havo pufakchalari va qo‘shimchalarning kelib chiqishi hali aniqlanmagan.
Tahlillar ko‘rsatdiki, qadimgi qatron tarkibi jihatidan zamonaviy igna bargli daraxtlar qatroniga juda o‘xshash. Dastlabki daraxtlar ilgari o‘ylanganidan ancha oldin himoya qatroni ishlab chiqarishni o‘zlashtirgani ushbu o‘simlik keyinchalik Yer bo‘ylab tarqalishida muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA