Xitoy Yaqin Sharq bo‘yicha rejasini e’lon qildi
Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni hal qilish va Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha to‘rt banddan iborat rejani e’lon qildi.
XXR Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan reja tafsilotlarida tinchlikda birga yashash tamoyiliga sodiqlik eslatilgan. Unga ko‘ra, Fors ko‘rfazi davlatlari Yaqin Sharq va Fors ko‘rfazi mintaqasida umumiy, keng qamrovli va barqaror xavfsizlik arxitekturasini yaratish ustida ishlashi kerak.
Rejaning ikkinchi bandida milliy suverenitet tamoyiliga sodiqlik ta’kidlanadi. Unda Fors ko‘rfazi davlatlarining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi qayd etilgan.
Uchinchisi xalqaro huquq ustuvorligi tamoyiliga sodiqlik bo‘lib, unda BMT markazida bo‘lgan xalqaro tizim va tartibni qat’iy qo‘llab-quvvatlash muhimligi aytiladi. Shuningdek, rejaning so‘nggi bandida Taraqqiyot va xavfsizlikka muvozanatli yondashuvga sodiqlik bayon etilgan.
Kecha Si Szinpin Pekinda Abu-Dabi (BAA) valiahd shahzodasi bin Zayd Ol Nahayyon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Aynan shu uchrashuvda Xitoy rahbari o‘z rejasini taqdim etdi.
S.Rahimov, O‘zA