Xitoy Raisi Misrga bordi
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiy taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qohiraga bordi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bergan.
Oliy martabali mehmonni tantanali kutib olish marosimidan so‘ng so‘zlagan nutqida XXR yetakchisi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabat rivojlanayotgan davlatlar uchun mustahkam siyosiy ishonch va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yaqqol namunasi ekanini ta’kidladi.
Diplomatik munosabat yo‘lga qo‘yilganining 70 yilligi kunlariga to‘g‘ri kelgan tadbirlar davomida tomonlar har tomonlama strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiy-sarmoyaviy aloqani yanada kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim muammolar yuzasidan fikr almashilishi kutilyapti.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA