Xitoy orbitaga "Tyanxe" bazaviy modulini uchirdi
Xitoy Yer tegrasidagi quyi orbitaga o‘zining “Tyangun-3” orbital stansiyasi uchun "Tyanxe" bazaviy modulini muvaffaqiyatli uchirdi. "Chanchjen-5V" raketa tashuvchisi Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan 22 tonnalik yuk bilan muvaffaqiyatli parvoz qildi.
“Doyche Velle” xabariga ko‘ra, Xitoy milliy kosmik boshqarmasi shu haqda ma’lum qilgan. Xitoy raisi Si Szinpin mazkur loyihaning ilmiy-texnik ahamiyatini yuksak baholab, “Xitoy kosmik stansiyasini yaratishga aloqador bo‘lgan mutaxassislar innovatsiya va mustaqillik ruhiyatini yanada yuksaltirmoqda”, deb ta’kidladi.