Xitoy Hindiston chegarasiga raketa joylashtirdi
Xitoy va Hindiston korpus qo‘mondonlari Himolayda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qo‘shinlarni aloqa chizig‘idan olib chiqish bilan bog‘liq muammolar tufayli kelisha olmadi.
Shu bois, Xitoy Hindiston chegarasiga 500 kilometrgacha uchadigan raketa joylashtirdi. Bu Hindiston uchun ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq edi, deb yozadi Xitoyning harbiy gazetasi.
Xitoy Mudofaa vazirligi bayonot berishicha, tog‘larga yangi turdagi qurol mamlakat chegaralarini himoya qilish maqsadida joylashtirilgan. Shuningdek, Hindiston – Xitoy chegarasiga tutash mintaqada raketa tizimlaridan foydalangan holda harbiy mashqlar bo‘lib o‘tgani xabar qilingan.
Himolayda qanday raketa joylashtirilgani aytilmayapti. Xitoylik harbiy sharhlovchi Entoni Von Tonning so‘zlariga ko‘ra, bu zamonaviy PCL-191 tipidagi tizim hisoblanadi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq instituti yetakchi ilmiy xodimi Vasiliy Kashin o‘z intervyusida “Xitoyliklar allaqachon tog‘li hududlarda, masalan, Tibet va Shinjonda qisqa masofali ballistik raketalar mashqlarini o‘tkazgan. Bu Hindiston uchun ogohlantirish edi. Shunday qilib, xitoyliklar muzokaralarda imtiyoz izlab, Hindistonga bosim o‘tkazyapti” degan.