Xitoy AQSHdan 200 ta Boeing sotib oladi
Xitoy AQSHdan 200 ta Boeing samolyoti sotib olishga rozilik bildirdi, deb xabar qildi DW nashri.
Bu haqda Tramp ham Si Szinpin bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ma’lum qilgan.
Shuningdek, Xitoy rahbari AQSHga Eron bilan bog‘liq masalalarda yordam berishni ham taklif qilgan.
Tramp FoxNews telekanaliga bergan intervyusida: “Boeing kompaniyamiz 150 ta samolyot sotishni mo‘ljallagan edi, ammo xitoyliklar 200 ta sotib olish istagini bildirishdi”,— dedi.
Uning ta’kidlashicha, bu AQSHda juda ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, Boeing bosh direktori Kelli Ortberg ham AQSH delegatsiyasi tarkibida Pekindagi muzokaralarda qatnashgan. Kompaniyaning o‘zi esa hozircha Trampning bayonotlariga munosabat bildirmadi. Avvalroq AQSH moliya vaziri Skott Bessent Trampning Xitoyga tashrifi aviasozlik kompaniyasi uchun yirik shartnoma bilan yakunlanishiga ishonch bildirgan edi.
Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin Eron bo‘yicha kelishuvlarga erishishda ko‘mak berishni taklif qilganini aytdi.
Trampning ta’kidlashicha, Si Szinpin Hurmuz bo‘g‘ozining qayta ochilishidan manfaatdor. Jahon savdosi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu bo‘g‘oz AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan buyon yopiq bo‘lib, neft eksportini jiddiy qiyinlashtirgan. Xitoy esa Eron neftining eng yirik xaridori hisoblanadi. Shu bois u Hurmuz bo‘g‘ozi orqali dengiz qatnovi tiklanishidan manfaatdor.
Ayni paytdaAQSH davlat kotibi Marko Rubio o‘z intervyusida Tramp Xitoydan hech qanday yordam so‘ramaganini ma’lum qildi. “Biz Xitoydan yordam so‘ramadik va uning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj emasmiz”, — dedi Rubio. Uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp faqat Si Szinpinga vaziyat haqida ma’lumot bergan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/l8AR9r2tOiA" title="Xitoy AQSHdan 200 ta Boeing sotib oladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA