«Xazinalar shtati»da TikTok taqiqlandi
AQSHning Montana shtati Gubernatori Greg Djanforte TikTokni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Endilikda Google Play va App Store ilovalar do‘konlari mahalliy aholiga TikTok yuklab olishni taklif qila olmaydi. Ayni damda, bu ilovalardan foydalanuvchilar uchun hech qanday cheklovlar yo'q.
Qonun 2024 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak. Avvalroq Oq uy amaldorlariga o‘z smartfonlaridan bu ilovani o‘chirib tashlashi uchun 30 kun muxlat berilgan edi. Bayden administratsiyasi TikTok AQSH milliy xavfsizligiga xavf soladi, deb hisoblaydi.
Montana shtati AQSHda TikTok taqiqlangan birinchi shtat bo‘ldi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA