Xayrli tashabbusda bojxonachilar ham faol ishtirok etmoqda
Mamlakatimiz bӯylab shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida joriy etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida bojxonachilar ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan qator amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Xususan, bojxona xodimlari tomonidan Beruniy tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi hududi va “Xo‘jayli” chegara bojxona posti atrofidagi tomorqa yerlarga manzarali va mevali daraxt kӯchatlari o‘tqazildi.

Ushbu amaliy jarayonda boshqarma rahbariyati tomonidan shaxsiy namuna hamda yuqori jonbozlik ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, boshqarma tarkibidagi barcha chegara va TIF bojxona postlari atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari belgilangan rejaga asosan davom ettirilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA