Xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni endilikda tadbirkorlar ham kamera orqali qayd etadi
2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar o‘rnatgan maxsus kameralar orqali haydovchilarning xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini qayd etish mumkin bo‘ladi.
Bu tartib Hukumatning 2026-yil 29-oktabrdagi qarorida belgilandi. Unga ko‘ra, xususiy sektorni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga jalb etishga oid 2021-yil 21-apreldagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kamera tizimi «Ma’muriy amaliyot» moduliga quyidagi ma’lumotlarni avtomatik yuborishi kerak: uskunaning metrologik qiyoslash guvohnomasi raqami va amal qilish muddati; qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt; qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari.
Elektr ta’minoti uzilganda ham tizim kamida 8 soat ishlay olishi uchun zaxira elektr manbai bilan jihozlanishi lozim.
Fotosuratlarda haydovchining yuzi va xavfsizlik kamarini taqqan yoki taqmagani aniq ko‘rinishi shart.
N.Abduraimova,
O‘zA