Xavfli "tibbiy tavsiyalar" (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekansiz, turli kasalliklarni "uy sharoitida davolanish sirlari fosh" bo‘lganligi haqidagi ko‘plab videomurojaatlarga ko‘zingiz tushishi mumkin.
Videomurojaatlar ichida shifokor bo‘lmagan soha vakillari, psixolog trenerlar, “soxta tabib”lar va xatto oddiy uy bekalari tomonidan o‘zlarida sinalgan yoki sinalmagan tibbiy tavsiyalarni ma’lum bir kasallikni uy sharoitida ham davolasa bo‘ladi deya tarqatilayotganini guvohi bo‘ldik. Afsuski, xatto professional shifokorlar tomonidan video orqali berilayotgan tavsiyalar hammaga ham tushmasligi, har bir organizm o‘ziga xos ekanligini unutmasligimiz zarur. Aslida istalgan kasallikning boshlanish darajasi, bemorning ahvoli, zaruriy tekshiruvlar o‘tkazilganidan so‘nggina asosiy tashhis va davolash belgilanishi lozim.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali aylanayotgan har qanday “tibbiy tavsiyani” shifokor bilan maslahatlashmasdan, uning nazoratisiz sinab ko‘rish juda og‘ir oqibatlarga olib kelishini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Yuqoridagi holatlar va ularning oqibatlari haqida allergolog Jasur Davlatov ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi:
Batafsil:
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/VSF0vuNSf4w?si=8l_rqMghKHHVbsOZ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Afsuslar bo‘lsinki, bemorlar uchun professional shifokor qabuliga borib, zaruriy tekshiruvlardan o‘tish, aniq tashhisdan so‘nggina davolanishdan ko‘ra, ana shunday "tibbiy tavsiyalar" oson va yengil ko‘rinadi. Ammo keyinchalik kasallik og‘ir bosqichga o‘tganidan so‘ng davolanish har tomonlama bemor uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Telefoningizga kelgan navbatdagi "tibbiy tavsiyani" sinab ko‘rishga yoki yaqiningizga tavsiya etishga shoshilmang. Oilaviy shifokoringiz bilan maslahatlashing. Salomatligingizni ishonchsiz ma’lumotlarga ishonmang. O‘zingiz va yaqinlaringizni har qanday asoslanmagan "tibbiy tavsiya"lardan ehtiyot qiling!
M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA