Xatirchi dalalarida bahor manzaralari
Bahor faslida Navoiy viloyatining Xatirchi tumani dalalari o‘ziga xos go‘zallikka burkanadi. Qir-adirlar va keng maydonlar yashil libosga kirib, ular bag‘rida ochilgan qizg‘aldoqlar atrof-muhitga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlaydi. Shuningdek, chuchmomalarning oppoq gullari tabiat manzarasini yanada boyitadi.
Tonggi salqin havo va yengil shabada gullar iforini atrofga taratib, tabiatning musaffo muhitini yaratadi. Qushlar sayrashi va shamolning yaproqlar orasidagi mayin shovqini insonga orom baxsh etadi.
Xatirchi dalalaridagi bahor manzaralari nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki inson qalbida ham iliq hissiyotlar uyg‘otadi. Bu tabiatning uyg‘onishi va hayotning uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi.
[gallery-29171]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA