“Xanchjou-2022”: Navbatdagi medallar shodasi
Xanchjou shahrida o‘tayotgan IV Paraosiyo o‘yinlarining para yengil atletika bo‘yicha bahslari ham ulkan g‘alabalarga boy o‘tmoqda.
Ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash T11/12 tasnifida Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yoqutxon Xolbekova ushbu yo‘nalishda bronza medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, disk uloqtirishda (F56/57) Mohigul Hamdamova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish bahslarida hamyurtimiz Husniddin Norbekov bronza medaliga ega chiqdi.

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida 65 kilogrammdan og‘ir vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida 80 kilogrammgacha vazn toifasida hamyurtimiz Asad Toshtemirov, +80 kilogrammda Asadbek Anvarov delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medallarini qo‘shib qo‘ydi. Para dzyudo bahslarining 90 kilogrammdan ortiq vazn toifasida Alovuddin Jo‘raqulov kumush medal sohibiga aylandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16 oltin, 17 kumush va 20 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA