Xamidov Vohid Sobirovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kuchli gravitatsiya maydonida zarralar dinamikasi” mavzusida
Xamidov Vohid Sobirovichning 01.04.02 – Nazariy fizika va 01.03.01 – Astronomiya ixtisosliklari bo‘yicha “Kuchli gravitatsiya maydonida zarralar dinamikasi” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi Fundamental va Amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 29 sentyabr kuni soat 16:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, 108-katta majlislar zali.
Tel.: (99871) 237-09-61 ; faks: (998 71) 234-48-67
ye-mail: info@ifar.uz