Xalqaro turnirda Prezident sovrini kimga nasib etadi?
Termiz shahrida bo‘lib o‘tayotgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan XV xalqaro turnirning erkaklar o‘rtasida 81, 90 kg., ayollar o‘rtasida 48, 57, 63, 70 kg. vazn toifalaridagi bellashuvlar g‘oliblari ma’lum bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida 48 kg. vazn toifasidagi musobaqada 1-o‘rinni o‘zbekistonlik Mohinur Mo‘minova, 2-o‘rinni qozog‘istonlik Ayjan Zilkbayeva, ikkita uchinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Gulhayo Jo‘rayeva hamda Sarviniso Abdullayevalar egalladi.
57 kg. vazn toifasida 1-o‘rin qozog‘istonlik Bakit Kussakbayevaga, 2-o‘rin o‘zbekistonlik Iroda Mamashoyevaga, ikkita uchinchi o‘rin o‘zbekistonlik Muxlisa Abdumalikova va ruminiyalik Petras Datrisiaga nasib etdi. 63 kg. vazn toifasidagi musobaqada o‘zbekistonlik Malikaxon Qahhorova birinchi, polshalik Lniani Snia Maria va ikkita uchinchi o‘rin o‘zbekistonlik Oydinaxon Zokirjonova hamda belarusiyalik Regina Shatrauskayalar qo‘lga kiritdi. 70 kg. vazn toifasida 1-o‘rinni rossiyalik Vladlena Guseva, 2-o‘rinni o‘zbekistonlik Shohista Nazarova, ikkita 3-o‘rinni o‘zbekistonlik Ravzaxon Adasheva hamda qozog‘istonlik Ayala Merekelar egalladi.
Xalqaro turnirning erkaklar o‘rtasida 81 kg. vazn toifasida 1-o‘rin o‘zbekistognlik Umar Bozorovga, ikkinchi o‘rin tojikistonlik Olamafro‘z Abdurahmonovga ikkita o‘chinchi o‘rin o‘zbekistonlik Umid Esanov va afg‘onistonlik Dilog‘a Afzaliga nasib etdi. Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan 90 kg. vazn toifasidagi bellashuvda 1-o‘rinni rossiyalik Aram Grigoryan 2-o‘rinni o‘zbekistonlik Jonibek Qozoqov, uchta uchinchi o‘rin o‘zbekistonlik Jahongir Mamatrahimov hamda gruziyalik Paata Gvinashvili qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning birinchi o‘rin g‘oliblariga 3 ming, ikkinchi o‘ringa ikki ming va uchinchi o‘rin sovrindorlarining har biriga ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.
Xalqaro turnir davom etmoqda. Bugun erkaklar o‘rtasida 60, 66, 73 kg., ayollar o‘rtasida +70 kg. va mutlaq vazn toifasida g‘olib bo‘lgan polvonlar aniqlanadi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA