Xalqaro hamkorlik ta’lim sifatini oshiradi
Navoiy davlat pedagogika institutiga Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti falsafa kafedrasi mudiri Meyrxan Spanov boshchiligida bir guruh professor o‘qituvchilar tashrif buyurdi.
Navoiy davlat pedagogika instituti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan xalqaro hamkorlik memorandumiga asosan oliygohlar o‘rtasida ilmiy akademik mobillik, ya’ni yetakchi professorlar maxsus kurslarining ilmiy ma’ruzalarini tashkil etish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy kadrlar tayyorlash va fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish belgilangan.


Dastlab mehmonlarga institut tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi faoliyati, qatag‘on davriga oid arxiv hujjatlar, eksponatlar hamda tarixiy shaxslar to‘g‘risida ma’lumot berildi. So‘ngra institut qozoq va qoraqalpoq yo‘nalishi talabalari o‘zlarining milliy xalq qo‘shiqlari hamda raqslarini namoyish etdi. Mehmonlar talabalarga Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy-falsafiy merosi nomli tanlov fani bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar o‘qish hamda ijtimoiy fanlar kafedrasida 72 soatlik ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini o‘tash uchun tashrif buyurgan.


A.Bo‘riyev, O‘zA