Xalqaro aloqalar rivojlanmoqda (+video)
Mo‘g‘uliston umumiy saylov komissiyasi raisi Purvi Delgernaran va Buyuk davlat Xurali a’zosi, Mo‘g‘uliston – O‘zbekiston parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi Suxbatar Erdenebat respublika Markaziy saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.
MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev olib borgan uchrashuv davomida bugun natijasi e’lon qilingan saylovni o‘tkazish harakati ancha oldin boshlangani, o‘tkan davr mobaynida xorijlik mutaxassislar bilan ko‘plab muloqot olib borilgani, tegishli takliflar jarayonda aksini topgani ta’kidlandi.
Tomonlar azaliy xususiyatga ega o‘zaro munosabatlar so‘nggi yillarda jadal rivojlanish bosqichiga kirganini e’tirof etdi. Shuningdek, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi umumiy sa’y-harakatni kuchaytirishga kelishib olindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0-yL5vArvh0" title="Xalqaro aloqalar rivojlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA