“Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!"
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari, san’at va jamoat arboblari ishtirok etdi.
Milliy armiyamiz uchun yetuk mutaxassislar yetishtiruvchi Qurolli Kuchlar akademiyasining jahon standartlari darajasida isloh qilingani, uning harbiy ilm-fan sohasi lokomotiviga aylangani ta’kidlandi.

Bu ishlarning samarasi turli harbiy yo‘nalishdagi xalqaro musobaqalar natijasidan ham ko‘rinib turibdi. Shuningdek, dunyo miqyosida ham Milliy armiyamizning nufuzi ortib borayotganini xalqaro harbiy ekspertlar e’tirof etmoqda.

Prezidentimizning bunday vazifalarni bajarishda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!" degan tamoyilidan kelib chiqib, keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Vatan himoyasi nafaqat harbiylarimiz, balki shu ona zaminda yashovchi har bir inson uchun muqaddas burchdir.
O‘zA