Xalq qabulxonasi – ishonch manzili
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining G‘ijduvon tuman Xalq qabulxonasi tomonidan har bir murojaatning to‘laqonli, sifatli ko‘rib chiqilishi va belgilangan muddatlarda ijro etilishi qat’iy nazoratga olingan.
Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan o‘rganishlar va murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida aniklangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tumandagi nazorat organlari rahbarlari nomiga kiritilgan taklif va taqdimnomalarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.
Joriy yilning 6 oyi davomida kiritilgan 21 marotaba taqdimnoma va takliflardan intizomiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 4 nafarni, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar 1 nafarni va ogohlantirish berilgan shaxslar soni 2 nafarni tashkil etmoqda.
Tumandagi sektor rahbari tomonidan rejalashtirilgan 98 ta sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 1 ming 825 nafar fuqaro qatnashgan. 273 nafar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 300 ta turli sohalarga oid murojaatlar qabul qilingan.
U yuzta murojaatlarning 198 tasi qanoatlantirilgan. Shundan 107 tasi ijobiy hal etilgan. 93 tasiga huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan. Qolgan 47 tasiga asosli tushuntirish berilgan. 21 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. 28 tasi ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab qilganligi sababli mazkur murojaatlarni qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilishini va ijobiy hal qilinishini ta’minlash bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan tumanning tegishli tashkilotlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasiga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida hal qilinishida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Tuman Xalq qabulxonasi tomonidan tuman hokimligi, fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, tuman mutasaddi tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan birgalikda aholi yashash tarzini yaxshilash, murojaatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilinib, bartaraf qilish chora-tadbirlari belgilab borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA