Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari
Buxoro viloyati shahar va tumanlari ham “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Buxoro tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar a’zolari, Filologiya fanlari doktori, professor Rahimboy Jumaniyozov, Falsafa fanlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva, xonanda Sardor Ro‘zimurodov, mahalla aholisi va yoshlar ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbiri “Galaosiyo” mahalla fuqarolar yig‘ini Madaniyat uyida davom etdi. Poytaxtdan tashrif buyurgan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari tomonidan mahalla aholisiga xalqimiz muallifligida yaratilayotgan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, kiritilgan yangi modda hamda normalarning ahamiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
[gallery-11332]
Mahalla faollari yurt tinchligi, farovonligi, ravnaqi yo‘lidagi izchil yangilanishlar qo‘llab-quvvatlanishini bildirishdi. Barcha ertangi kunimiz bugungisidan ham yaxshi bo‘lishi uchun harakat qilishi, hamjihatlik bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shishi, yangilanayotgan Konstitutsiya baxtli kelajagimiz, farovon hayotimizning kafolati ekanligiga ishonib, inson qadri ulug‘lanadigan yurtda yashayotganini e’tirof etdi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari “Rabotiqalmoq” mahallasida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Tashkilotda “Zukko bolajon” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirga qatnashdi va jajji bolajonlarga o‘quv qurollari, bolalar adabiyoti va sovg‘alar taqdim etdi.
Poytaxtlik mehmonlar tumandagi “Zarmanoq” mahallasidagi 10-sonli Oilaviy bolalar uyida ham bo‘lishdi. Jasoratli ona, Marziya opaning oila a’zolari bilan samimiy muloqot qilishdi. Esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 6 nafar qizlarni savob yo‘lida tarbiyalab kelayotgan Marziya opa savobli ish uning orzusi bo‘lgani, farzandlarini iqtidorini inobatga olib to‘garaklarga jalb qilganini bildirdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA