Xadjimuxametova Matluba Adilovnaning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Saralash stansiyasining texnik va texnologik parametrlarini optimallashtirish asosida transport jarayonlarining innovatsion texnologiyalari” mavzusida
Xadjimuxametova Matluba Adilovnaning 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish ixtisosligi bo‘yicha “Saralash stansiyasining texnik va texnologik parametrlarini optimallashtirish asosida transport jarayonlarining innovatsion texnologiyalari” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023 yil 12 sentyabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy, Toshkent davlat transport universiteti, 2-qavat, 259-xona.
Tel.: (99871) 299-03-43; faks: (99871) 293-57-54
ye-mail: rektorat@tstu.uz