Vyetnam elchixonasiga tashrif
2018 yilning 26 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Vyetnam Sotsialistik Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
2018 yilning 26 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Vyetnam Sotsialistik Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
Hukumat rahbari Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuangning bevaqt vafot etgani munosabati bilan Elchi Fam Van Fao va butun Vyetnam xalqiga chuqur hamdardlik va dalda soʻzlarini izhor etdi hamda Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.