"VR-Profi Hub" tanlovining respublika bosqichiga start berildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga qiziqtirish hamda ularning ishchi kasblar haqida tasavvurlarini kengaytirish maqsadida “VR-Profi Hub" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining IT dasturlash sohasiga qiziquvchi o‘quvchilari o‘rtasida "VR-Profi Hub Challenge: IT kasblar dunyosiga sho‘ng‘i!" tanlovi tashkil etilmoqda.


Mazkur tanlovning respublika bosqichi boshlandi. Unda tanlovning hududiy bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Tanlov joriy yilning 8 avgustiga qadar davom etadi.
N.Usmonova,
O‘zA