Vositachilar Eron – AQSH muzokarasida muvaffaqiyatga erishdi
Qatarlik vositachilar Tehronda Eron va AQSH o‘rtasida bevosita muloqotni tiklash bo‘yicha uzoq davom etgan muzokara muvaffaqiyatli yakunlanganini ta’kidlashdi. Bu haqda“Axios” juma kuni diplomatik manbalarga tayanib xabar tarqatdi.
– Taraqqiyotga erishildi, AQSH – Eron kelishuvini to‘sib qo‘yishga urinish bo‘yicha muzokara davom etmoqda, – degan manbalardan biri nashrga.
Ma’lum qilinishicha, qatarliklar Tehronda bo‘lib o‘tgan 12 soatlik uchrashuv davomida Oq uy bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Muzokara bugun Dohada davom etadi.
AQSH rasmiysi jarayon ikki tomonning bir-biriga zid talabi bilan murakkablashayotganini aytgan. Bir tomondan Vashington Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha yon berishini talab qilmoqda. Eron, o‘z navbatida, AQSHdan avval dengiz qamali bekor qilinishi, muzlatilgan Eron mablag‘i yechilishi va neft sotishga ruxsat berilishini istaydi.
– AQSH manbasiga ko‘ra, vitse-prezident Jey Di Vens hamda Trampning elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner muzokarani qayta boshlash istagida, Prezident esa Eron maqbul kelishuvga rozi bo‘lishiga shubha bilan qaramoqda, – deyilgan xabarda.
“Al Mayadeen» telekanalining yuqori lavozimli mintaqaviy siyosiy va xavfsizlik xodimiga tayanilgan axborotida Eron Qurolli kuchlari har qanday tajovuzga harbiy javob berish bo‘yicha keng qamrovli reja tuzgani keltirilgan.
– Keng qamrovli chora ko‘rib qo‘ygan Eron Qurolli kuchlari har qanday harbiy tajovuzga keng ko‘lamli javob berishga tayyorlanmoqda... raqiblar va ularning mintaqaviy homiylariga tegishli siyosiy nishonlar va bosh qarorgohlar nishonga olinadi, – deyilgan xabarda.
Eronga qarshi yana hujum avj olishi haqida mish-mish tarqalayotgan bir payt Prezident Donald Tramp vaziyat tez orada hal qilinishini aytgan.
S.Rahimov, O‘zA