Voleybol: xorazmlik qizlar O‘zbekiston kubogi g‘olibi
Toshkent shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi.
– Unda Xorazm viloyati nomidan qatnashgan voleybolchi qizlardan iborat jamoa ayollar o‘rtasidagi bahslarda faxrli birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Musobaqa davomida Urganch davlat universiteti sport klubi vakilalari bo‘lgan sportchi qizlar yuqori mahorat, matonat va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatib, munosib g‘alabaga erishishdi.
Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri