Voha devori - mudofaa devorlari tizimi (+video)
Voha devori. Bu – Kanpirak devori ma’lum bir shahar yoki qal’a mudofaasi uchun emas, balki butun voha mudofaasi maqsadlari yo‘lida xizmat qilganini va, o‘z navbatida, o‘zining me’moriy-qurilish uslubi jihatidan jahonga mashhur Xitoy devoriga o‘xshab ketishi bilan o‘ziga xos me’moriy obidalar sirasiga kirishini anglatadi.
Voha devori — ushbu atama tarixda eng ko‘p Buxoro vohasini o‘rab turgan mashhur «Kampirak devori» (yoki Kanpirak devori) ga nisbatan ishlatiladi.
Voha devorlari asosiy vazifasi Voha aholisini, ularning ekin maydonlari, shahar va qishloqlarini sahro tomondan keladigan ko‘chmanchi-chorvador qabilalarning to‘satdan qiladigan bosqinlaridan himoya qilish.
Tarixchi Abu Bakr Narshaxiyning yozishicha, Buxoro vohasi atrofidagi bu devor asosan 782–830 yillar oralig‘ida qurib bitkazilgan (arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, uning dastlabki qismlari IV-V asrlarga borib taqaladi).
Bu devorlar paxsa va xom g‘ishtdan juda uzun qilib qurilgan (masalan, Buxoro vohasi devori ba’zi manbalarga ko‘ra 300 km dan ortiq uzunlikka ega bo‘lgan) hamda unda maxsus soqchilik burjlari va darvozalari bo‘lgan.
Bundan tashqari, Zarafshon vodiysi va Jizzax vohalarini o‘rab turgan shunday mudofaa devorlari ham mavjud bo‘lgan.
“Tarix haqiqatlari” loyihasining bu galgi sonida Buxoro arxeologik ekspeditsiyasi boshlig‘i Jamoliddin Mirzahmedov yurtimizdagi Voha devorlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov,
A.Ahmedov. O‘zA