Vladimir Putin va Donald Tramp Argentinada uchrashadi
Moskva bu uchrashuvga tayyorgarlik koʻrmoqda, lekin undan muhim natija kutilgani yoʻq. Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovga koʻra, davlat rahbarlarining “katta yigirmatalik”dagi uchrashuvi kun tartibiga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi “Interfaks” xabarida.

Ayni paytda matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Bu uchrashuv davlat rahbarlarining keyingi uchrashuviga aniqlik kiritilishi ehtimoli bilangina ahamiyatli boʻlishi mumkin”ligini aytgan. Maʼlumot uchun, “katta yigirmatalik” davlat rahbarlari sammiti 30 noyabr-1 dekabr kunlari Buenos-Ayresda boʻlib oʻtadi.