Vladimir Putin 69 yoshini nishonlamoqda
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining 69 yoshini nishonlamoqda.
Rossiya davlati rahbarining matbuot kotibi Dimitriy Peskovning ta’kidlashicha, tug‘ilgan kuniga qaramay, Vladimir Putin kundalik ish rejalari bilan band bo‘ladi.
Sentyabr oyida Putin atrofidagi ko‘pchilik koronavirusga chalingani sababli ikki haftalik karantinga chiqqan edi.
Xabarda Putin "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangani aytilmoqda. Ayni paytda Rossiya yetakchisi odatdagi ish rejimiga qaytgan.