Virusni birgalikda yengamiz
Yurtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Gʻijduvon tumani kengashi va “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi aholiga, ayniqsa, yoshlarga yaqindan koʻmak berish maqsadida “Virusni birgalikda yengamiz” xayriya aksiyasini tashkil etdi.

Aksiya doirasida jamgʻarmadan imtiyozli ravishda kredit olgan 40 nafarga yaqin yosh tadbirkorlar tomonidan 1500 ta tibbiyot niqobi, 1000 ta tibbiyot qoʻlqobi, 500 ta tibbiyot spirti hamda 500 ga yaqin nam salfetkalar aholiga bepul tarqatildi.
Jamgʻarma kelgusida mazkur aksiya doirasida yana 2000 mingga yaqin tibbiyot niqoblari, 1500 ta tibbiyot qoʻlqoblari hamda 1000 ga yaqin nam salfetkalarni bepul tarqatishni rejalashtiryapti.