Vinisius Junior: Estevao shubhasiz dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi
Agar menda uniki kabi zarba bo‘lganida, anchagina ko‘p gollar urgan bo‘lardim.
Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior jarohat sabab jahon chempionatiga bora olmayotgan Estevao Villian haqida gapirdi.
"Afsuski, Estevao jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi. Biroq o‘ylaymanki, u yaxshi formada qaytadi. Estevao ajoyib iste’dod egasi sanaladi. Agar menda uniki kabi zarba bo‘lganida, anchagina ko‘p gollar urgan bo‘lardim. U hali yosh va ishonamanki, kuni kelib dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylanadi", - dedi Vini.
Eslatib o‘tamiz, Estevao Angliya Premyer-ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda tizza osti payi uzilishi oqibatida og‘ir jarohat olgan edi.