Vinisius: “Anchelotti bosh bilan gol ursam sovg‘a berishga va’da qilgandi”
3:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etgan Vinisius gollaridan birini boshi bilan urdi.
Vinisius Junior JCH–2026 guruh bosqichining uchinchi turida Shotlandiya milliy terma jamoasiga qarshi bahsdan so‘ng bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan bo‘lgan qiziqarli kelishuv haqida gapirdi.
3:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda dubl qayd etgan Vinisius gollaridan birini boshi bilan urdi.
'Men uchun shaxsiy statistika emas, terma jamoaga qanday foyda keltirayotganim muhim. Albatta, urgan gollarimdan xursandman. Hatto bosh bilan ham gol urdim. Buni murabbiyga va’da qilgandim.
U esa buning deyarli imkonsizligini aytib, agar shunday gol ursam, menga sovg‘a berishini va’da qilgandi. Endi kutamiz. Eng muhimi — g‘alabalar va o‘yinimizni yanada yaxshilash. Oldinda pley-off bosqichi turibdi va biz yanada kuchayishda davom etishimiz kerak", — dedi Vinisius.
Braziliya milliy terma jamoasi Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi.