Vengriya Prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi
Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok lavozimini tark etmasligini ma’lum qildi. Davlat rahbari ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan video murojaatida hukumat bilan hamkorlikni davom ettirishini va Yevropa Ittifoqi mablag‘ini jalb etish uchun zarur qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bosh vazir Peter Madyar esa bu qarorni keskin tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, bu Prezident hech qachon huquqi buzilgan fuqaro yoki qonun ustuvorligini himoya qilish uchun qat’iy yondashuv namoyon etmagan.
Hukumat 31-mayga qadar davlat rahbari hamda qator yuqori lavozimli amaldorlar iste’fosini talab qilgan edi. Belgilangan muddat o‘tib ketganiga qaramay, Shuyok qarorini o‘zgartirmadi.
Prezident aytishicha, u mazkur masala yuzasidan Venetsiya komissiyasiga murojaat qilgan va jarayon mamlakat Konstitutsiyasi talabiga muvofiq hal etilishi kerak.
Vengriyada parlament tomonidan saylanadigan va asosan ramziy vakolatga ega Prezident qonunlarni konstitutsiyaviy jihatdan ko‘rib chiqish jarayonida muayyan o‘rin ham egallaydi. Siyosiy kuzatuvchilar Shuyokni Bosh vazir Viktor Orbanga yaqin siyosatchilardan biri sifatida bilishadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA