Vengriya Bosh vaziri Toshkentga keldi
29 mart kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng Vengriya delegatsiyasi poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga yo‘l oldi.
O‘zA