Velosportchimiz Italiya turnirida muvaffaqiyatga erishdi
Italiyaning Pordenone shahrida velotrek bo‘yicha o‘tkazilayotgan "Serey Internazionale Citta Di Pordenone" xalqaro turnirida O‘zbekiston nomi e’tirof etildi.
Xalqaro velosport federatsiyasining tavqimidan o‘rin olgan UCI 1.1 tasnifidagi mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sergey Rostovsev trek bo‘yicha o‘tayotgan turnirning skretch yo‘nalishida Yevropa, Amerika hamda Osiyo mamlakatlarining vakillarini ortda qoldirgan holda marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

Musobaqaning ushbu dasturida o‘z omadini sinab ko‘rgan yana bir velosportchimiz Nikita Svetkov 30 nafarga yaqin ishtirokchi orasida 5-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, Italiya bahslarida qatnashayotgan milliy terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Bocharov hamda Muhriddin Saparov katta musobaqalar tajribasiga ega bo‘ldi.
Xalqaro turnir musobaqalari 19-iyulga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA