Vazirlik talabalarni kutib olish uchun qanday tayyorlanmoqda? (+video)
Shaffoflikni ta’minlash maqsadida 20 avgustdan yotoqxonaga turmoqchi bo‘lgan talabalarning arizasi raqamlashtiriladi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar yotoqxonasi bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’suli bilan suhbatlashdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich so‘nggi vaqtlarda ushbu muammoning asosiy sabablarini OTMlar va ajratilayotgan kvotalar soni ko‘paygani bilan izohladi.
Vazirlikka ko‘ra, 2022 - 2026 yillar oralig‘ida alohida dastur qabul qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra 100 ming o‘rinli turarjoy qurish rejalashtirilgan. Bu turarjoyga ehtiyojning 60 foizini qoplaydi. Bunda talabalar qabulining oshishi ham inobatga olingan. Bundan tashqari xususiy xonadonlarda turuvchi talabalarning ijara pulining yarmi to‘lab beriladi. Bu Toshkent shahrida BHM ning bir baravari (330 ming) va hududlarga qarab o‘zgaradi. 2023 yilda 92 mlrd pul ajratilgan.
2023 yilning o‘zida 4712 o‘rinli 12 ta yotoqxona foydalanishga topshirilgan. Sentyabr oyida yana 6400 o‘rinli 11ta yotoqxona ishga tushiriladi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari o‘tgan sentyabr oyidagi talaba turar - joyi taqchilligi ko‘zatilganidan pand yeb bu yil ertaroq harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
1 kurslar uchun ham tayyorgarlik ko‘ryabmiz. Bazamizda kamida 60 foiz o‘rin bor.Undan tashqari Toshkent shahrida ijaraga qo‘yuvchi 29 ming nafar talaba uchun ijarachi xonadonlar aniqlanib, bazasi shakllantirildi. Respublika bo‘yicha bu raqam 74 mingtaga yetadi. Bundan tashqari davlat xususiy - sherikchilik asosida qurilayotgan yotoqxonalarning 51 tasida jarayon ketyabdi - Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich.
<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/fUUubHO00_M" title="Vazirlik talabalarni kutib olish uchun qanday tayyorlanmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sardorbek Poyonov, Abror Sodiqov (video) UzA