Vatanimga sodiq farzand bo‘laman
9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchi va kursantlari ishtirokida keng miqyosli vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tashkil etildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zangiota tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasining gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, tarix fanlari nomzodi, mayor Yorqinoy Ro‘zimova, kafedra doktoranti, podpolkovnik Sobir Kamolov hamda akademiyaning tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar katta ofitseri, kapitan Boburmirzo Soliyev ishtirok etdi.
“Vatanimga sodiq farzand bo‘laman!” mavzusidagi tadbir yoshlikdan qat’iyat bilan o‘qish, izlanish va tanlagan kasbi bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida oilasi, ota-onasi hamda Vataniga sodiq farzand bo‘lib xizmat qilish tuyg‘ularini uyg‘otgani, shubhasiz.
Harbiylar tomonidan faol yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.
B.Hasanov,
Zangiota tumanidagi 23-maktabning
ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi.