Vatan mehri yoshlar qalbida
Namangan qurilish va dizayn kollejida 1600 ga yaqin yoshlar bino va inshootlar bo‘yicha texnik-arxitektor, dasturiy injiniring texnigi, milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri, markitolog kabi 12 yo‘nalishda puxta bilim egallamoqda.
Namangan qurilish va dizayn kollejida 1600 ga yaqin yoshlar bino va inshootlar bo‘yicha texnik-arxitektor, dasturiy injiniring texnigi, milliy, etnografik va badiiy liboslar dizayneri, markitolog kabi 12 yo‘nalishda puxta bilim egallamoqda.Bu yerda yoshlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan turli tanlov va ko‘rgazmalar tashkil etish keng yo‘lga qo‘yilgan. Yaqinda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov “Vatan mehri yoshlar qalbida” deb nomlandi. Unda kollejning yuzga yaqin o‘quvchisi liboslar va buyumlar dizayni, rang-tasvir, grafika, qo‘l mehnati bo‘yicha o‘z ijod namunalari bilan qatnashdi.