Vashingtondan "Sputnik V" vaksinasini tasdiqlash so‘raldi
Amerika Savdo palatasi AQSH rasmiylaridan Rossiyaning "Sputnik V" vaksinalarini tan olishni, mamlakatda ushbu preparatdan foydalanishga ruxsat berishni so‘radi.
Bu haqda Amerika Savdo palatasi rahbari Aleksis Rodzyanko "Izvestiya" nashriga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiyadan AQSHga sayohat qilish uchun viza, JSST yoki AQSH tomonidan tasdiqlangan vaksina bilan emlanishi kerak. Shu bois AQSH hukumatiga "Sputnik V" preparatini ham tan olish so‘rovi yuborilgan.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Moskva va Vashington o‘rtasida oktyabr oyi boshida ushbu masalaga doir muhokamalar bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Jumladan, 2 oktyabr kuni Jenevada Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko AQSH delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazib, koronavirusga qarshi emlangani to‘g‘risidagi sertifikatlarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilgan edi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya – Amerika munosabatlarining o‘zaro rivojlanishi fonida AQSH Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish departamentiga koronavirusga qarshi profilaktik emlash bo‘yicha hujjatlarni tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqish va sertifikatlarni ikki tomonlama tan olish mexanizmini ishlab chiqish taklifi bilan xat yuborilgan.