Vashingtonda o‘zbek hunarmandchilik san’ati namoyish etildi
O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchixonasida “Naqsh ibtidosi: To‘rt yo‘l: bir an’ana” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda yurtimiz usta-hunarmandlari va dizaynerlari hamda Amaliy san’at ijodiy uyushmasi vakillari ishtirok etdi.
Ekspozitsiyadan o‘zbek to‘qimachilik san’atining abr matolarini yaratish, badiiy kashtachilik, zardo‘zlik va zamonaviy libos dizayni yo‘nalishlaridagi ijod namunalari o‘rin oldi.
Shuningdek, ko‘rgazmada marg‘ilonlik abrband usta Rasuljon Mirzaahmedov, badiiy kashtachilik ustasi Madina Qosimboyeva, “Moel” Bosh brendi asoschisi Zuhra Inat hamda “ANOR” brendi asoschisi Dilnoza Umirzoqovaning ijodiy ishlari namoyish etildi.
Ko‘rgazma orqali o‘zbek to‘qimachilik merosining boy an’analari, milliy naqsh va ranglarning badiiy imkoniyatlari hamda an’anaviy hunarmandchilikning zamonaviy ijoddagi talqini xalqaro auditoriyaga taqdim etildi.
G.Boboyeva,
O‘zA