Van Chen: O‘zbekiston bilan hamkorlikda yanada ulkan yutuqlarga erishamiz
O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat kabi barcha sohalarni qamrab olgan.
O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik iqtisodiyot, savdo, sanoat, transport, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat kabi barcha sohalarni qamrab olgan.Mamlakatimizda bo‘lib turgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, bosh kotibi Van Chen tashrif doirasidagi uchrashuvlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-13-may kunlari Xitoyga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojida yangi sahifa ochdi. Tashrif natijasida qiymati 23 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 100 dan ziyod hujjat imzolandi. O‘zbekiston Prezidentining Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan «Bir makon, bir yo‘l» forumidagi ishtiroki xalqaro anjuman muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan xursandman. O‘zbekiston rahbarining Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan barcha kelishuvlar amalga oshirila boshlandi. Uchrashuvda ushbu jarayon bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdik. Kelishuvlarni amalga oshirishdan tomonlar birdek manfaatdor ekani, buning uchun zarur chora-tadbirlar ishga solinayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston bilan hamkorlikda savdo, iqtisodiyot, transport, gidroenergetika va boshqa sohalarda yanada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritamiz, Buyuk ipak yo‘lini tiklashga erishamiz, deb ishonamiz.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tilayman.