“Uzchess Cup” turnirining 3- turidan so‘ng...
Avval xabar berganimizdek, Toshkentda ilk bor jahonning ekstra-klassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchisi o‘rtasida umumiy mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etgan “Uzchess Cup” xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada “Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlariga bo‘lingan 30 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda.
Bugun xalqaro turnirning 3-tur bahslari nihoyasiga yetdi. Hamyurtlarimiz bu turda 1 ta g‘alaba, 6 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
Musobaqa 14 iyunga qadar davom etadi.
[gallery-17762]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA