Uzakov Baxadir Abdikarimovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Elektr energetika tizimlarining holatlarini tarmoq faktorini hisobga olib optimallashtirish” mavzusida
Uzakov Baxadir Abdikarimovichning 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar ixtisosligi bo‘yicha “Elektr energetika tizimlarining holatlarini tarmoq faktorini hisobga olib optimallashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.T.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 6-yanvar kuni soat 09:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Toshkent davlat texnika universiteti, Energetika fakulteti 2-qavat, 219-xona.
Tel.: (99871) 246-46-00; faks: (99871) 227-10-32;
e-mail: tstu_info@tdtu.uz