Uychi sochiqlari eksport qilinadi
Namangan viloyatining Uychi tumanidagi yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Atlant towels” qoʻshma korxonasida umumiy qiymati 15,7 milliard soʻmlik loyiha amalga oshirilmoqda.

Bir million dollarlik xorijiy kredit hamda tadbirkorlik subyektining oʻz sarmoyasi yoʻnaltirilib amalga oshirilayotgan mazkur loyihani joriy yilning toʻrtinchi choragida topshirish koʻzda tutilgan.
Tumanda yetishtirilayotgan paxta hosilining asosiy qismi korxonada qayta ishlanadi. Yiliga 400 tonna ip-kalavani qayta ishlab, tayyor momiq sochiq ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning 85 foizi Rossiya va Xitoyga eksport qilinadi. Loyihaning toʻla ishga tushishi bilan 120 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi.