Uy-joyning eng qimmati Toshkentda, eng arzoni Quvasoyda
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorida hududlar kesimidagi narxlar tafovuti qariyb 6 barobarga yetdi. 1 kvadrat metr uy-joyning eng yuqori o‘rtacha narxi Shayxontohurda 25,3 mln. so‘mni, eng past ko‘rsatkich esa Quvasoyda 4,5 mln. so‘mni tashkil etdi.
Barqaror urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo‘mitasi 1-sentabr holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk ob’ektlarining o‘rtacha bozor narxlarini e’lon qildi. Tadqiqot mamlakatning 12 ta aglomeratsiyasidagi 35 ta shahar va tumanni qamrab olgan bo‘lib, unda ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar, yakka tartibdagi uy-joylar hamda noturar ob’ektlar narxlari tahlil qilingan.
Ma’lumotlar elektron savdo maydonchalaridagi narxlar monitoringi asosida shakllantirilgan. Poytaxtda xonadonlarning eng yuqori o‘rtacha narxi Shayxontohur tumanida qayd etilgan — 1 kvadrat metr uchun 25,3 mln. so‘m. Undan keyin Mirobod — 23,2 mln. so‘m, Yakkasaroy — 20,5 mln. so‘m, Mirzo Ulug‘bek — 19,6 mln. so‘m, Yunusobod — 17 mln. so‘m, Chilonzor — 16,7 mln. so‘mni tashkil etadi.
Olmazor va Yashnobod tumanlarida 1 kvadrat metr xonadonning o‘rtacha narxi 14,2 mln. so‘m, Uchtepada — 13,7 mln. so‘m, Bektemir va Sergelida esa 11,5 mln. so‘mni tashkil etgan. Poytaxtdagi eng past ko‘rsatkich Yangihayot tumanida qayd etilgan — 1 kvadrat metr uchun 11 mln. so‘mni tashkil etgan.
Yakka tartibdagi uy-joylar bozorida esa Mirzo Ulug‘bek tumani yetakchi. Bu yerda bir sotix yerning o‘rtacha narxi 1,72 mlrd. so‘mga yetgan. Eng past ko‘rsatkich Bektemirda — 394 mln. so‘mni tashkil etgan. Noturar ko‘chmas mulkning eng yuqori narxi ham Mirzo Ulug‘bek tumanida — 1 kvadrat metr uchun 24,4 mln. so‘m. Bektemirda esa bu ko‘rsatkich 8,3 mln. so‘mni tashkil etgan.
Viloyatlarda esa, Qo‘qon, Chirchiq va Yangiyo‘l aglomeratsiyalarida xonadonlarning eng yuqori o‘rtacha narxi Chirchiqda — 9 mln so‘m/kv. m. Eng past ko‘rsatkich Chinozda — 6,3 mln. so‘m, Buxoro, Xiva va Kogon hududlarida esa xonadonlar Buxoroda qimmatroq — 8,4 mln. so‘m/kv. m. Xivada 1 kvadrat metrning o‘rtacha narxi 4,8 mln. so‘mni tashkil etmoqda. Samarqand ham yuqori narxlar bilan ajralib turadi. Bu yerda xonadonlarning 1 kvadrat metri o‘rtacha 11,8 mln. so‘m, yakka tartibdagi uy-joylarda bir sotix 472,1 mln. so‘m, noturar ob’ektlarda esa 1 kvadrat metr 12,9 mln. so‘mga baholangan.
Nukus, Farg‘ona va Ohangaron aglomeratsiyalarida xonadonlarning eng yuqori narxi Angren va Olmaliqda — 7,1 mln. so‘m/kv. mdan. Eng past narx esa Quvasoyda — 4,5 mln. so‘m/kv. m. Olmaliqda yakka tartibdagi uy-joylar ham nisbatan qimmat bo‘lib, bir sotix yerning o‘rtacha narxi 129,7 mln. so‘mni tashkil etgan. Noturar ko‘chmas mulkning eng yuqori narxi Marg‘ilonda — 6,2 mln. so‘m/kv. m. Umuman, tadqiqot natijalari O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxlari hududlarga qarab sezilarli farq qilishini ko‘rsatmoqda. Eng yuqori o‘rtacha narx — Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 25,3 mln so‘m/kv. metr, eng past narx esa Quvasoyda 4,5 mln. so‘m/kv.m.
Shunday qilib, xonadonlarning 1 kvadrat metr narxi bo‘yicha eng qimmat va eng arzon hududlar o‘rtasidagi farq qariyb 5,6 barobarni tashkil etmoqda. Individual reja mahalla «yettiligi» tomonidan tasdiqlanib, har chorakda yangilanib boriladi. Shu tariqa, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturida asosiy e’tibor vaqtinchalik yordam emas, balki oilani barqaror daromad manbaiga olib chiqish, uning yana kambag‘allikka qaytishining oldini olish va aholi farovonligini oshirishga qaratiladi.
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA