Ustozlarga noanʼanaviy tarzda ehtirom koʻrsatildi
Oʻqituvchi va murabbiy. Oddiygina bu soʻzlar zamirida ulkan maʼno mujassam.
Oʻqituvchi va murabbiy. Oddiygina bu soʻzlar zamirida ulkan maʼno mujassam.
Zero, har bir inson oʻqituvchining qoʻlida savod chiqaradi, taʼlim-tarbiya oladi. Har birimiz jamiyatda oʻz oʻrnimizga ega ekanligimiz uchun ulardan minnatdormiz.
Har yili 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni mamlakatimizda oʻzgacha kutib olinadi. Bu yil esa bayram munosabati bilan kecha Qiziltepada oʻqituvchilarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi va “Kafolat trans 2019” MCHJ hamkorligida kutilmagan sovgʻa tayyorlandi.
Ish vaqti tugab, maktabdan uyiga yoʻl olayotgan koʻplab pedagoglarga bepul taksi xizmati koʻrsatildi.
Taksi haydovchilari tomonidan maktablar oldida gul bilan kutib olingan ustozlar oʻz manzillariga bepul olib borib qoʻyildi.