Ustozlar xotirasi har dam yodimizda... (+video)
Hayot – insoniyatga tuxfa etilgan bebaho imkoniyatidir. Bu imkonni anglagan inson esa abadiy hayotda o‘zining ulug‘ o‘rnini egallay oladi. Ulug‘lar va buyuklar safida bo‘lgan olim ustozlar esa aynan abadiyatga daxldor bo‘lgan kishilardir. Chunki ular olamni ma’rifat va mehr bilan zabt etgan, zaminga, bashariyat ahliga teng ziyo sochgan, ustozlik sharafini olgan, mo‘’tabar rutbaga erishgan zotlardir. Shu bois, xalqimizda “Olimlar olamni boshqaradi” degan naql o‘zining hayotiyligi, purhikmatligi bilan ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelmoqda. Ustozlarimiz – ilm-ma’rifat yo‘liga qadam bosgan yangi yoshlar avlodining jonkuyar murabbiy sifatida doimo yodimizda qoladi.
Har bir sohaning yetakchisi, ish ichida chiniqqan ustasi, har bir yutuqqa erishgan mutaxassis bordirki, o‘z ustozini, ilk qadam va yutuqlari sababchisini yodda saqlaydi. Ustozlarning o‘gitlari, ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari qalblarga muhrlangan holda, o‘quvchilarga ibrat bo‘lib keladi. Ustozlar har bir shogirdi uchun tashabbuskor g‘oyalar beruvchi maslahatgo‘y, ayniqsa shogirdining har bir yutug‘idan boshi osmonga yetguvchi beminnat mehribon inson.
“Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi” – deya naql qilgan edi ulug‘ alloma, yetuk mufassir, buyuk tarixchi Abu Lays Samarqandiy. Darhaqiqat, donishmand ta’riflaganidek, O‘zbekiston osmonida chiqqan yorug‘ yulduzlar endi shirin xotiralarimizda qoldi va bizni yo‘lchiyulduz bo‘lib hamon oldinga da’vat etmoqda.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ljsyf2dXmrs?si=R5uBqh2BqEdfDu88" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA