Usmonlilar matbuoti va Turkiston jadidchiligi
Shohruxbek OLIMOV filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori doktorant O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asrning boshida Turkistonda matbuotning yuzaga kelishi va ommalashishi jarayonida Usmonlilar davlatining ta’siri masalasida bahs boradi. Usmonlilar davlatidan Turkistonga nashrlar qanday yetib kelgani va qaysi nashrlar ko‘proq o‘qilgani haqida turk va o‘zbek manbalari asosida ma’lumotlar keltiriladi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda o‘zbek va turk xalqlarining axborotlashuvi misollar orqali namoyon qilinadi.
Tayanch so‘zlar: Usmonlilar davlati, Rusiya, Turkiston, matbaa, matbuot, “Siroti mustaqim”, “Taorifi muslimin”, “Hikmat”, “Turk Yurdu”, “Tarjumon”, “Vaqt”, “Sho‘ro”.